Loftus-Chik: "Chelsi"da Jon Terri kabi etakchi bo‘lishni xohlayman

  • 14 may, 2019, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik kelajakda Jon Terri singari “aristokratlar” afsonasiga aylanmoqchiligini aytdi.

Tecno

“Jamoa etakchisi bo‘lishim uchun menga katta tajriba kerak. Menimcha hech kim “Chelsi”da Jon Terrining o‘rnini bosa olmaydi. U nafaqat maydonda, balki maydondan tashqarida ham etakchi edi. U men uchrashgan eng zo‘r sardor edi.

U hamisha bizga engillik qilishga urinardi. U bilan o‘ynagan paytingiz ortingizda u turganini bilib, xavfsiz ekaningizni his qilardingiz. Bularning bari tajribadan ekanini bilaman. Shunday inson bo‘lishga umid qilaman”, - deydi Loftus-Chik.

Ma’lumot uchun, Jon Terri “Chelsi” safida 1998-2017 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!