"Liverpul"ning yirik hisobdagi g‘alabasi, Benzema - qahramon, "Enfild"dagi o‘yinni kutamiz - "Real" - "Liverpul" o‘yini haqida SPORTS.uz muxbirlarining taxminlari qanday?

  • 6 aprel, 2021, 18:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun futbol ixlosmandlari katta qiziqish bilan kuzatadigan EChL uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Madridda "Real" "Liverpul"ni qabul qiladi. Shuningdek, "Manchester Siti" Dortmundning "Borussiya"sini sinovdan o‘tkazadi.

Tecno

Tan olish lozim, "Alfredo Di Stefano" stadionida bo‘lib o‘tadigan "qirollik klubi"ning "shaharliklar" bilan to‘qnashuvi kunning markaziy o‘yini hisoblanadi. Ushbu bahs oldidan SPORTS.uz xodimlari qanday taxminlar bildirmoqda?

962835648.jpg.0

Baxtiyor Toshtemirov

Menimcha, bugun durang yoki kichik hisobdagi g‘alaba qayd etiladi. Hammasi "Enfild"dagi uchrashuvda hal bo‘ladi. Klopp oldida ancha jiddiy vazifa turibdi. Jamoa APLda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va endi bor e’tiborini EChLga qaratishi lozim.

"Real" ham ketma-ket bir necha yillardan buyon Evromaydonda omadsizlikka uchramoqda. Shu sababli, Zidan shogirdlari bilan avvalgi zafarlarni takrorlashga harakat qiladi. Yuqoridagi omillarga ko‘ra, har ikki klub ehtiyotkor futbol namoyish etadi va ko‘p gollar bo‘lmaydi.

0_GettyImages-970708068

Botirali Mahkamov

"Real" va "Liverpul" qarama-qarshiligi qiziqarli kechishini oldindan taxmin qilish qiyin emas. Inglizlar bir necha yil oldingi final uchun o‘ch olishlariga imkoniyat, degan fikrlar ko‘proq avjiga chiqmoqda. Ustiga-ustak, bu safar Salohni "sindiradigan" Ramos yo‘q. Kamiga, Varan ham maydonga tusha olmaydi.

Biroq, Zidan shogirdlarining so‘nggi paytlardagi sust o‘yinlari ushbu to‘qnashuvga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deb o‘ylamayman. Sababi, Madrid klubi ChLda doim o‘zgacha bahs olib boradi va yuqori notada tayyorgarlik ko‘radi. O‘z o‘rnida, Klopp jamoasi katta ishtiyoq evaziga ustunlik qilish ehtimoli ham yo‘q emas, ammo baribir "Real"ning g‘alabasiga ko‘proq ishonyapman. Imkoniyatlarni 65% ga 35%, deb baholayman. Albatta, "Qirollik klubi" foydasiga!

Ew1qPEZWQAIVkhX

Yaxyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

"Real" himoyada Ramos hamda Varanning yo‘qligi uchun bo‘sh o‘ynaydi. La Liganing so‘nggi turida klub 3 himoyachi bilan to‘p surishi mashq qilib ko‘rdi. «Liverpul» bilan o‘yinda Zidan tavakkal qiladi. Sababi, Ramossiz uning strategiyasi ish bermasligini biladi. Shu bois, Zidan "El-kapitano"siz boshqacharoq to‘p surishga urinadi. Mersisaydliklar Angliyadagi kuboklardan chiqib ketgan. APL kurashi ham allaqachon yakunlangan. Jamoa bor e’tiborini shu musobaqaga qaratadi. "Real" esa, oldinda "ea-klasiko"ni o‘ylashi lozim. Psizologik va taktik ustunlik «Liverpul»da. Agar yirik hisob qayd etilmasa ham, "qizillar" yuz foiz o‘zi uchun qulay natija qayd etadi.

JS152987318

Jaloliddin Qobiljonov

Menimcha, "Real" oldindagi ketma-ket 3 ta muhim uchrashuvning barchasini o‘z foydasiga hal etadi. Bu borada Karim Benzema katta sahnaga chiqadi, deb o‘ylayman. Boisi, Zidan oddiy jamoalarga mag‘lub bo‘lsa ham, grandlarni "tanobini tortib qo‘ya oladi". Buni birinchi davradagi "el-klasiko"da ham ko‘rganmiz. O‘shanda madridliklar "Kadis" va "Shaxtyor"ga imkoniyatni boy bergan, ammo "Barselona"ni "Kamp Nou"da "er tishlatgandi". Zidanning "Real"i doim favoritlarga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsatgan. Shundan ekan, "qirollik klubi" bugun ham ishonchli hisobda g‘alaba qozonishini taxmin qilyapman.

benzema-cropped_1f0ffpwctc00y1axo6jc5j527h

Abdulvosid Valixonov

Avvalo, "Real" va "Liverpul" Evropaning klassik jamoalari qatoriga kiradi. Ammo ular o‘rtasidagi bellashuvlar haqida fikr bildirganda, doim ham dramatik uchrashuvlarni ko‘z oldimizga keltirmaymiz. Ularning so‘nggi to‘qnashuvi Beylning ikki fantastik goli va Kariusning ikki "fantastik" xatosi bilan yodimizda qolgan. Bugungi kunda mazkur jamoalarning muammolari juda o‘xshash. "Real"da himoya qo‘rg‘oni Ramos hamda Varanning yo‘qligi anchagina katta yo‘qotish. "Liverpul"da esa, Klopp qanday katta qiyinchiliklarga duch kelayotganligini hammamiz ko‘rib turibmiz. Amalga oshirilgan transferlar ham o‘zini oqlab ulgurganicha yo‘q. Ozan Kabak, Konstantinos Tsimikas, Ben Devis kabi himoyachilar klub ambitsiyalarini to‘liq anglay olmadi. Kichik ustunlikni "Liverpul" tomonda deyish mumkin. Sababi, trio o‘z o‘rnida. Ular o‘z o‘yinini ko‘rsata olgan taqdirda, "Real"ga yaxshigina muammo tug‘dirishi mumkin. "Real"da esa hujum asosan Benzemaga bog‘lanib qolgan. Shuning uchun, kichik ustunlikni inglizlar tomonda degan bo‘lardim.

gareth-bale-real-madrid-liverpool-ucl_1v2dk38s61354178paktlmsqc0

Javohir Azimov

Chorak finalni super to‘qnashuv bilan boshlamoqdamiz. To‘g‘ri, har ikki jamoaning bugungi holati juda yuqori darajada emas. Ammo bugun "Real" va "Liverpul" maydonga chiqadi. Nomlar va murabbiylar jahon klassida. Bevosita o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, bugun kim maydon markazidagi kurashlarda ustunlik qilsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Har ikki klubning hujum va himoyada jiddiy muammolari bor. Zidan La Liga va EChLga birdek e’tibor qaratishga majbur. Boz ustiga, Varanning ham yo‘qotilishi Madrid tomoni uchun katta bosh og‘riq. Menimcha, "qizillar" bu kamchilikdan unumli foydalana oladi. Mane va Salahning himoyachilar tomonidan alohida qo‘riqlanishi  Diogu Jota uchun ajoyib imkoniyatlar taqdim etishi shubhasiz. Umumiy qilib aytadigan bo‘lsam, bugungi o‘yinda "qaymoqranglilar"ning kichik hisobdagi g‘alabasini taxmin qilyapman. Ammo "qizillar" ham gol ura oladi!

Live-Real-Madrid-vs-Liverpool-see-here-Champions-League-football-696x375

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!