"Liverpul"ning yangi futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 5 sentabr, 2020, 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning yangi a’zosi Konstantinos Tsimikasda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Gazzetta.gr nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining Covid-19 ga topshirgan test tahlillari musbat natija bergan. Aytish kerakki, u ayni damda Gretsiya terma jamoasi safida UEFA Millatlar ligasi uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, biroq kasallik aniqlangach, u terma jamoa qarorgohini tark etdi.

“Liverpul” Konstantinosni shu yoz “Olimpiakos”dan sotib olgan edi. Tsimikas yangi jamoasida 21-raqamda to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!