
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi MLS klubi bilan shartnoma imzoladi
“Shtutgart” klubi himoyachisi Emiliano Insua faoliyatini “Los-Anjeles Gelaksi” klubi davom ettiradi.
30 yoshli argentinalik futbolchi AQSh klubi bilan shartnoma imzoladi. Biroq, hozircha shartnoma bandlari oshkor etilmayapti.
Ma’lumot uchun, Insua “Shtutgart” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U 2007-2011 yillarda “Liverpul” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar