"Liverpul"ning murabbiylar shtabidagi xodim o‘z lavozimini tark etdi

  • 29 iyun, 16:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik mutaxassis Diogu Payva "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotning shtabini tark etdi. Bu haqda u shaxsan ijtimoiy tarmoq orqali xabar berdi:

Tecno

"Liverpul" oilasi, bu klub men uchun shunchaki ish joyi emas edi — bu mening uyim edi" — deb yozdi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Payva 2023 yil sentyabrda klubga qo‘shilgan, ungacha esa "Portu" akademiyasida faoliyat yuritgan. Yakunlangan mavsumda Arne Slot boshchiligida "Liverpul" Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub mutasaddilari uning o‘rniga bir necha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ammo nomzodlarning ismi oshkor qilinmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!