
“Liverpul”ning mukammal hujumchisi nomi aytildi. U Saloh emas!
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” etakchi himoyachisi Virjil van Deyk jamoaning yangi a’zosi Aleksander Isaakning imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.
- Isaak hujumlarni ajoyib tarzda yakunlaydigan mahorat egasi. Uni mukammal hujumchi, deb atash mumkin.
Sizning hujumlarni bosh va chap oyoqdagi mukammal zarba bilan qay tarzda yakunlayotganiga e’tibor bering. U ayniqsa, burchak to‘pi uzatilganda juda zo‘r o‘ynaydi, - dedi Virjil van Deyk.
Shvetsiyalik forvardning “Nyukasl”dan “Liverpul”ga o‘tishi Angliya Premer-ligasida transferlar rekordini yangiladi. Mersisaydliklar 25 yoshli to‘purarni olish uchun “qarg‘alar”ga 145 million evro miqdorida badal puli to‘ladi.
Aleksandr Isaak “Liverpul” rahbariyati bilan olti yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar