
"Liverpul"ning asosiy darvozaboni UEFA Superkubogini o‘tkazib yuboradi
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha “Norvich”ga (4:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng jamoaning asosiy darvozaboni Alisson “Chelsi”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UEFA Superkubogi bahsini o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
“Alissonning son mushaklarida jarohat bor. Biz uning holatini ko‘rib chiqamiz. U “Chelsi” bilan o‘yinda ishtirok etmaydi”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Chelsi" uchrashuvi 14 avgust kuni Istanbuldagi "Vodafon Arena"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar