"Liverpul"ni tiz cho‘ktirgan Vinisius o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 7 aprel, 2021, 02:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi. Ushbu bosqichning markaziy uchrashuvida "Real" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mazkur bellashuvda o‘zining eng yorqin o‘yinlaridan birini namoyish etgan Vinisius Junior dublni rasmiylashtirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Yosh iste’dod o‘yindan keyin o‘z fikrlari bildirib o‘tdi:

"Men "Real" logotipini e’tirof etmoqchiman. Sababi, bu dunyodagi eng yaxshi klub. Ushbu kechani hech qachon unutmayman. 10 balli tizimda o‘zimga 10 ball qo‘ygan bo‘lar edim. Bugun jamoam uchun borimni berdim va bundan faxrlanaman.

Biz bu natijaga erishish uchun ko‘p ishladik. Zidan mashg‘ulotlarda qilgan ishlarimizni o‘yinda ham takrorlash uchun doim bizga psixologik yordam beradi".

20 yoshli vinger "Real" - "Liverpul" o‘yinining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!