
"Liverpul"ni qiyin damlar kutmoqdami?
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk APLning yangi mavsumi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Doimo yuqorida qolish qiyin. Hamma seni yiqilganingni ko‘rishni xohlaydi. Buni so‘nggi kunlar ko‘rsatib turibdi. Ehtimol, biz qiyin damlar kutayotgandir. Biz chempionmiz. Bu maqomga erishish uchun bizga ma’lum vaqt kerak bo‘ldi”, - dedi gollandiyalik futbolchi.
Amaldagi chempion hisoblangan “Liverpul” o‘tgan tur “Aston Villa”ga 7:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Fikrlar