"Liverpul"ga yangi raqobatchilar paydo bo‘ldi

  • 30 aprel, 2020, 13:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" va "Inter" "Leyptsig" hujumchisi Timo Verner uchun kurashga qo‘shildi, deya xabar bermoqda Football Italia.

Tecno

Ta’kidlanishicha, italiyalik klublar mutasaddilari 24 yoshli futbolchining agenti bilan bo‘lajak transfer masalasida aloqaga chiqib ulgurishgan.

Joriy mavsumda 36 ta o‘yinda 27 ta gol va 12 ta golli uzatma bergan Vernerning transferi 70 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha futbolchi uchun "Liverpul" asosiy da’vogar sifatida tilga olinayotgan edi. Shuningdek, u Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p surish uchun "Bavariya" taklifini rad etgani ma’lum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!