
“Liverpul”ga yangi etakchi kerak
“Liverpul” kelasi mavsum oldidan hujumkor futbolchi Sadio Maneni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda Yurgen Klopp bu o‘yinchining o‘rnini bosa oladigan nomzod topgani ma’lum bo‘ldi.
Germaniyalik mutaxassis Sadio Mane o‘rniga “Atletik Bilbao”da ishonchli o‘yin namoyish etayotgan Inyaki Uilyamsni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq ispaniyalik yarim himoyachini olish oson bo‘lmaydi. 26 yoshli futbolchi bilbaoliklar bilan 2028 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega va hujjatda uning transferi 135 million evro qilib ko‘rsatilgan.
Joriy mavsumda Inyaki Ispaniya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va to‘rt bor jamoadoshlariga golli pas uzatdi.
Fikrlar