"Liverpul"ga qarshi o‘yindan oldin MYu yana bir jiddiy yo‘qotishga uchradi

  • 16 oktabr, 2019, 23:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba premer-liganing 9-turidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi oyoq barmoqlaridan birini sindirib olgan. Shifokorlar uning noyabr oyi boshlarida safga qaytishini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu darvozaboni David De Xea ham uzoq muddatga safdan chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” – “Liverpul” uchrashuvi 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!