"Liverpul"ga portugaliyalik hujumchi kelishi mumkin
"Vulverxempton" forvardi Diogu Jota faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli portugaliyalik futbolchi mersisaydliklarni qiziqtirib qo‘ygan. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 28 mln evroga baholanmoqda.
Jota "Vulverxempton" safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 131 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 44 ta gol hamda 19 ta assist yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar