“Liverpul”da yangi mojaro!

  • 22 mart, 2021, 12:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionligi unvonini munosib himoya qila olmayotgan “Liverpul”da yangi mojaro paydo bo‘ldi. Avvalroq, bosh murabbiy Yurgen Klopp va asosiy to‘purar Muhammad Salohning munosabatlari yomonlashgani aytilgandi. Endi germaniyalik murabbiy etakchi g‘imoyachi Virjil van Deykning qaroridan g‘azablanmoqda.

Tecno

Virjil van Deyk 5-tur uchrashuvida og‘ir jarohat olganidan keyin klub rahbariyati uning to‘liq oyoqqa turishi uchun etarlicha vaqt berishga qaror qilgandi. Klopp  jarohat to‘liq tuzalishi, qaytalanmasligi va o‘yinchi o‘zini tiklab olishi uchun unga keyingi mavsumgacha vaqt bergandi.

Biroq, yaqinda Virjil van Deyk yozda bo‘ladigan Evropa chempionatida Niderlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilishini bildirdi. Uning bu qarori “Liverpul” rahbariyati va shaxsan Yurgen Kloppga umuman ma’qul kelmadi. Ular futbolchini xudbinlikda va shaxsiy manfaatlari klubdan ustun qo‘yayotganlikda ayblamoqda.

“Liverpul” asosiy himoyachilar jarohat olgani bois mavsumda kuchli raqobatga dosh bera olmayapti.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!