
“Liverpul”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi
“Liverpul” joriy mavsumni barqaror o‘tkaza olmayapti. Shu bois, klub rahbariyati yozgi transfarlar vaqtida tarkibda katta o‘zgarishlar qiladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, mutasaddilar qaysi futbolchilardan voz kechish masalasida bir qarorga kelib bo‘lgan. Unga ko‘ra, mavsum tugaganidan keyin eamoani erkin agent sifatida Nabi Keyta va Aleks Oksleyd-Chemberlen tark etadi. Ularga yangi bitim berilmaydi.
Shuningdek, tajribaliya yarim himoyachi Jeyms Milnerning ham joyi kafolatlanmagan. Bu futbolchi mavsum oxirigacha bir qarorga kelishi kerak.
“Liverpul” xo‘jayinlari “Yuventus”dan ijaraga olingan Artur Meloni ortga qaytarib yuboradi. Braziliyalik yarim himoyachi Yurgen Klopp jamoasiga moslashib keta olmadi.
Mutasaddilari ketadigan o‘yinchilar o‘rniga besh nafar boshqa ijrochilarni olib kelishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar