“Liverpul” yulduzi “Real”ga ketib qoladi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” va jahon chempioni Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bir necha manbalarning yozishicha, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Argentinalik yulduzning o‘zi ham muhitni o‘zgartirish maqsadida “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.
Madridliklar bu transferni yanvarga mo‘ljallagan. Agar mersisaydliklar qishki transferlar davrida etakchi o‘yinchisini qo‘yib yuborishga ko‘nmasa, bu masala yozga qoldiriladi.
Aleksis “Liverpul” tarkibida 2023 yilning yozidan beri o‘ynab keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portalida yarim himoyachining narxi 100 million evro ekani ko‘rsatilgan.



Fikrlar