
“Liverpul” yulduzi kutilmagan qarorga keldi
“Liverpul” markaziy himoyachisi Virjil van Deyk Saudiya Arabistoni klublaridan taklif olgan edi. Klub tajribali o‘yinchini 55 million evroga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan.
Niderlandiyalik futbolchining o‘zi kelajagi bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi. Van Deyk klubni tark etmoqchi emas va faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishni ma’qul ko‘rdi.
Jurnalist Grem Beylining yozishicha, Virjil van Deyk klub rahbariyatini yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarga ochiqligi haqida ogohlantirgan.
Angliya Premer-ligasining eng zo‘r markaziy himoyachilaridan bo‘lgan van Deykning amaldagi bitimi 2025 yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar