"Liverpul" yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 21 mart, 2023, 23:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liveprul" futbolchisi Jeyms Milnerning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Mersisayd jamoasi yarim himoyachi bilan yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazmoqchi, deya xabar berdi "Football Insider" nashri. 

Tecno

Milner 2015 yildan beri "Liveprul" tarkibida to‘p tepib kelmoqda. U klubga erkin agent sifatida kelgandi. Jeyms ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa ham sodiqligi bilan ajralib turadi va Kloppning eng sevimli o‘yinchilaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!