“Liverpul” yapon gigantini olmoqchi

  • 6 yanvar, 2024, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” tarkibini kuchaytirish borasida ish olib bormoqda. Liverpulliklar himoya chizig‘iga Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasida o‘ynayotgan yaponiyalik Ko Itakurani taklif qilyapti.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Yurgen Klopp yuborgan skautlar bir necha marotaba markaziy himoyachining o‘yinlarini stadiondan tomosha qilib, u haqida atroflicha ma’lumot to‘plagan.

Itakuraga “Tottenxem” ham xaridor bo‘lyapti. “Shporlar” bosh murabbiyi Ange Postekoglu uni “Seltik”da ishlab yurgan davrlardan beri o‘z yoniga chorlayapti.

Itakuraga Angliya futboli begona emas. Baland bo‘yli himoyachi ilgari uch yil davomida “Manchester Siti” tizimida bo‘lgan. Biroq 26 yoshli futbolchi Xosep Gvardiolaning e’tiborini qozona olmagach, Manchesterni tark etgan.

Ko Itakura “Borussiya”da 2022 yildan beri to‘p tepmoqda. Ilgari ijara asosida “Groningen” va “Shalke” jamoalarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!