
“Liverpul” yana bir yulduz transferni amalga oshirishi mumkin
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich yozda APL klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. “Calciomercato” nashri xabariga ko‘ra, "Liverpul" hozirda Xorvatiya terma jamoasi futbolchisining transferi bo‘yicha birinchi taklifni tayyorlamoqda.
“Qizillar” "neradzurrilar" rahbariyatiga qaysi formatdagi shartnoma taklif qilishi hozircha ma’lum emas. Avvalroq, Roberto Firmino Milan klubiga va Brozovich esa “Enfild”ga egalari safiga o‘tishi borasida mish-mishlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Brozovich yaqinda "Inter" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. “Transfermarkt” portali 29 yoshli futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar