
“Liverpul” yana bir supertransferni uddaladi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” kelasi mavsum oldidan rejali ravishda tarkibini kuchaytirib borayotgani klub muxlislarini xursand qilyapti.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning tasdiqlashicha, mersisaydliklar frantsiyalik hujumchi Ugo Ekitikeni o‘z safiga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirdi.
23 yoshli futbolchining "Ayntraxt"dan Angliya Premer-ligasiga kelishi “Liverpul”ga turli bonuslar va soliqlarni qo‘shib hisoblaganda 94 million evroga tushishi atiylmoqda.
Yangi hujumchi bilan Angliya chempioni 2030 yilning yarmigacha davom etadigan bitim tuzadi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi.
Ugo Ekitike Frantsiyaning “Reyms” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida bu jamoadan tashqari Norvegiyaning “Vayle”, Frantsiyaning PSJ va Germaniyaning “Ayntraxt” klublarida to‘p tepgan.
Fikrlar