"Liverpul" Virjil van Deykka o‘rinbosar sifatida Italiyadan himoyachi olib kelmoqchi

  • 28 mart, 15:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" Alessandro Bastonini yozda qo‘lga kiritish uchun kamida 60 million funt sarflashi kerak bo‘ladi. "Inter" himoyachisi joriy mavsumda o‘zining ishonchli o‘yini bilan e’tiborni tortdi va Evropaning top-klublari uni o‘z safiga qo‘shishni xohlamoqda. 
 
"Football Insider" nashrining xabariga ko‘ra, mersesaydliklarning himoya chizig‘ini kuchaytirish rejalari doirasida Bastoni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Biroq "Inter" 24 yoshli futbolchini arzon narxda qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Klub uni jamoa uchun muhim o‘yinchi deb biladi va shartnoma tugashiga hali ancha vaqt borligi sababli, katta miqdorda tovon puli talab qilmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, italiyalik fulbek bu mavsum "nerazzurilar" safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 80 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!