“Liverpul” Virjil van Deyk o‘rniga o‘yinchi topdi

  • 10 sentabr, 2024, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” himoya chizig‘i etakchisi Virjil van Deyk mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Tecno

Tabiiyki, mersisaydliklar shartnomasi yakunlanayotgan niderlandiyalik futbolchiga yangi bitim taklif qiladi. Biroq uning shartlari avvalgidek bo‘lmaydi.

33 yoshli Virjil van Deyk klubda qolishga tayyor. Biroq buning uchun rahbariyat va murabbiylar shtabi uni jamoaning asosiy figuralaridan biri bo‘lishini kafolatlashi talab etilmoqda.

Liverpulliklar hozirdan boshqa himoyachi topib qo‘ydi. Ular “Yuventus”dan Gleyson Bremerni olib kelmoqchi.

Todofichajes nashrining yozishicha, Bremerni qo‘lga kiritish uchun kuchli raqobat kechadi. 27 yoshli braziliyalik himoyachiga Saudiya Arabistoni klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Turin superklubi bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega legioner Transfermarkt portali tomonidan 60 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!