
"Liverpul" Van Deykka o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Liverpul" jarohat tufayli joriy mavsumni to‘lig‘icha o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan Virjil van Deykka o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Xabar qilinishicha, "qizillar" "Valensiya" sobiq himoyachisi Esekel Garay bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rmoqchi. Argentinalik futbolchi yozda ispan klubini tark etdi va ayni damda erkin agent hisoblanadi.
"Liverpul" Garayni van Deyk uchun qisqa muddatli zaxira varianti sifatida ko‘rib chiqmoqda, shuning uchun futbolchi bilan kelishuv mavsum yakunigacha imzolanishi mumkin.
Fikrlar