“Liverpul” va “Siti”ga osiyolik “bo‘ri” kerak

  • 19 noyabr, 2021, 15:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” va “Manchester Siti” mutasaddilari o‘z jamoasiga “Vulverxempton” hujumchisi Xvan Xi Chxanni qo‘shib olmoqchi.

Tecno

Aslida transfer huquqi “Leyptsig” jamoasiga tegishli bo‘lgan koreyalik futbolchi ijara asosida “bo‘rilar” sharafini himoya qilmoqda. Xvan Angliyaga kelishi bilan premer-ligada o‘zini ko‘rsata boshladi.

Iste’dodli futbolchi joriy mavsumda sakkizta uchrashuvda raqiblar darvozasini to‘rt marotaba aniq nishonga oldi. Bu Yurgen Klopp va Xosep Gvardiola e’tiboridan chetda qolmadi.

Ma’lumki, Gvardiola klub tarixida eng ko‘p gol urgan Serxio Aguero ketganidan keyin yangi to‘purar qidirmoqda. Yurgen Klopp esa hujum chizig‘ini yoshartirishga qaror qilgan.

“Vulverxempton” o‘z hujumchisiga grand klublar ko‘z olaytirayotgani uchun uni sotib olish huquqidan foydalanib, yanvarda Xvanning transfer huquqini “Leyptsig”dan to‘liq sotib oladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!