
"Liverpul" va "Real" o‘yinida 7 ta gol urildi. "Qirollik klubi"dan doimgi ish!
Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Liverpul" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Bellashuvning 4-daqiqasida Darvin Nunes chiroyli tarzda tezkor gol urishga erishdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Kurtuaning xatosidan keyin Salah oradagi farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi.
Hammasi shundan keyin boshlandi. Tanaffusgacha Vinisiusning dubli evaziga "qirollik klubi" muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limning boshida Militao bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Keyinchalik Benzema o‘z nomiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar