
"Liverpul" va MYu "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi
"Betis" klubi chap qanot himoyachisi Xunior Firpo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq "Barselona" ham Firpo uchun kurash olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda sevilyaliklar o‘zining etakchi futbolchisini 50 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Uning shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli to‘langan.
Ma’lumot uchun, Firpo o‘tgan mavsum 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar