“Liverpul” va “Manchester Siti” “Bayer” futbolchisini talashmoqda

  • 22 fevral, 15:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Liverpul” va “Manchester Siti” klublari “Bayer”ning o‘ng qanot himoyachisi hisoblangan Jeremi Frimpong uchun kurashmoqda. 
 
Xabaringiz bor, mersesaydliklarning qanot himoyachisi hisoblangan Trent Aleksandr-Arnold yozgi transferlar oynasida “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin. “Shaharliklar”ning asosiy himoyachisi Kayl Uoker esa ijara asosida Italiyaning “Milan” klubiga ko‘chib o‘tdi. Shu bois, ikki klub ham transferlar oynasida niderlandiyalik futbolchi uchun kurash olib bormoqchi. 
 
“Teamtalk” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Angliyaning ikki jamoasi futbolchi uchun eng asosiy da’vogar hisoblanadi. Agarda germaniyaliklar himoyachi uchun takliflarni ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsa, Arne Slot va Xosep Gvardiola boshchiligidagi klub shartnoma taklif qilishga tayyor. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli fulbek joriy mavsum 34 ta bellashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!