“Liverpul” va “Bavariya” “Barsa” futbolchisini talashyapti

  • 9 iyun, 2021, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” tarbiyalagan pleymeyker Pedri yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 18 yoshli futbolchining xizmatlariga “Liverpul” va “Bavariya” jiddiy qiziqish bildiryapti. Bu ikki klub Pedrining o‘yinidagi o‘sishni ikki yildan beri kuzatib kelayotgani aytilmoqda.

Pedri “Barselona”ga 2020 yili “Las-Palmas”dan 20 million evro evaziga transfer qilingan edi. Bu futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, kataloniyaliklar safida jami 37 ta uchrashuvda ishtirok etdi va oltita golli vaziyatda bevosita ishtirok etdi.

“Barselona” bir yildan keyin shartnomasi yakunlanadigan futbolchini yana olib qolishga harakat qilmoqda. “Liverpul” va “Bavariya” bu o‘yinchi uchun 70 million evro atrofida pul tikishga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dilshodbek shokirjonov
10/06/2021 05:40
Qoladi