“Liverpul” uchta katta muammoga duch keldi

  • 23 aprel, 07:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqishga yaqin turgan “Liverpul” tarkib masalasida jiddiy qarorlarni qabul qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Jamoa etakchilari – Muhammad Saloh va Virjil van Deykni hamkorlikni ikki yilga uzaytirishga ko‘ndirgan “Liverpul” mutasaddilarini yana uchta katta muammo kutib turibdi.

Hozirgi tarkib etakchilaridan uch nafarining klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi va ular yozda jamoani tark etishi mumkinligi aytilmoqda.

“Liverpul” direktorlar kengashi Luis Dias, Ibrohim Konate va Diogu Jota bilan hamkorlik masalasini joriy mavsum yakunlanganidan keyin muhokama qiladigan bo‘ldi.

“Qizillar” bir necha klublar nishonida turgan bu o‘yinchilarni qo‘ldan chiqarish ehtimoli oshib bormoqda.  Ayniqsa, himoyachi Konate masalasi murakkab. Football Insider nashrining yozishicha, bu futbolchi maosh masalasida kelisha olmagani uchun yaqinda klub taklif qilgan yangi shartnomani qabul qilmadi.

Shuningdek, klub joriy mavsum jamoaning hujumkorligini ta’minlab kelgan Luis Dias va Diogu Jotaning kelajagi bo‘yicha aniq pozitsiyasini ma’lum qilmasa, har ikki o‘yinchi boshqa klublarga o‘tib ketishi mumkinligi aytilmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!