“Liverpul” transferni ko‘zladi

  • 8 may, 2022, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, “Liverpul” vakillar yozgi transferlar vaqtida “Napoli” hujumkor futbolchisi Irving Losano transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

26 yoshli meksikalik o‘yinchi anchadan beri faoliyatini mavqei baland klublardan birida davom ettirishni istayotganini aytib kelmoqda.

Losanoning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Uning narxi tushib ketmasligi uchun “Napoli” mutasaddilari kelasi mavsum oldidan o‘yinchini sotib yuborishi mumkinligi aytilyapti.

Losano “Pachuka” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017 yili PSVga kelgan o‘yinchi ikki mavsum Niderlandiya chempionatida to‘p tepdi. Shundan so‘ng, 35 million evro evaziga “Napoli”ga ko‘chib o‘tdi.

Bu mavsum 35 ta bellashuvda oltitadan gol va assist qayd etgan Losanoning transferi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!