“Liverpul” transfer bozorini yondirmoqchi

  • 31 may, 09:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati debyut mavsumidayoq Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan bosh murabbiy Arne Slotni yangi transferlar bilan siylayapti.

Tecno

Klub “Bayer” himoyachisi Jeremi Frimpongni o‘z safiga qo‘shib oldi. Leverkuzenliklarning eng yorqin yulduzi Florian Virts ham Arne Slot qo‘l ostida to‘p tepishga moyillik bildirmoqda. Agar bu transfer ijobiy yakunlancha, “qzillar” hujum chizig‘iga yangi ijrochi olish harakatini boshlaydi.

 Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, mersisaydliklar oldingi chiziqqa uch nafar forvard tanlab qo‘ygan. Ularning bari  mavsumda to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan o‘yinchilardir.

“Liverpul” mutasaddilari kelasi mavsum oldidan markaziy hujumchi pozitsiyasiga “Ayntraxt”dan Ugo Ekitike, “Leyptsig”dan Benyamin Sheshko yoki “Atletiko”dan Xulian Alvaresni olib kelishga urinib ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!