"Liverpul" tarixidagi qimmatbaho transferlar. Top-10

  • 24 mart, 2019, 23:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yozgi transfer vaqtida "Liverpul" 66 million evroga "Roma"dan darvozabon Alissonni sotib oldi. Shuningdek, 48 million evroga Nabi Keyta olib kelindi. Shu munosabati bilan biz “mersisaydliklar” tomonidan amalga oshirilgan qimmatbaho transferlarni eslab o‘tishga qaror qildik.

Tecno

10. Roberto Firmino - 29 million evro

firmino

2015 yilda "Liverpul" Roberto Firminoni 29 million evroga sotib oladi. O‘sha vaqtga kelib braziliyalik hujumchi Germaniyaning "Xoffenxaym" klubi safida ko‘plab gollarni kiritayotgan edi. Buni "Liverpul" rahbariyati kuzatib turib, rasmiy taklif bilan Robertoni xarid qiladi. Buni qarangki, ushbu transfer o‘zini oqlamasdan qolmadi va Firmino hali hamon "Liverpul"ga katta yordam berishda davom etmoqda.

9. Sadio Mane - 34 million evro

mane

Angliyada "Sautgempton" klubining o‘rni juda katta. Har yili ajoyib o‘yinchilarni kashf qila oladi. Sadio Mane ham "avliyolar" tarkibida to‘p surib, keyinchalik "Liverpul"ga ko‘chib o‘tdi. Aslida "mersisaydliklar" doimiy ravishda "Sautgempton"da o‘yinchi taklif qilishga odatlangan. Bu gal ham klub Mane transferi uchun 34 million evro sarfladi. Hozirda esa Mane o‘zining ikki hamroxi bilan raqiblarni zir titratmoqda.

8. Kristian Benteke - 32,5 million evro

benteke liverpul

"Liverpul"ning omadsiz transferlaridan biri desa bo‘ladi. "Aston Villa"da ko‘plab gollarga urishga erishgan Kristian Benteke 2015 yilda "Liverpul"ga 32,5 million evro evaziga ko‘chib o‘tadi. Afsuski, uning "mersisaydliklar"dagi ishlari yurishmadi. Belgiyalik hujumchi "qizillar" safida atiga 9ta gol urishga erishdi.

7. Aleks Okleyd-Chemberleyn - 35 million evro

aleks

Bir paytlar "Arsenal"da ajoyib o‘yinlarini nom qozongan ushbu yarim himoyachi "Liverpul"ga 35 million evro evaziga ko‘chib o‘tdi. Afsuski, o‘tgan yilda olgan jiddiy jarohat sababli, futbolchi jamoaga to‘liq qayta olmadi. Aleksni omadsiz transferlardan biri bo‘ldi deyish noo‘rin. Chunki, u to‘liq safga qaytadigan bo‘lsa, Chemberleyn jamoa uchun foydali o‘yinlarini namoyish qila oladi.

6. Endi Kerroll - 35 million evro

kerorl

Bu hujumchini klub juda qimmatga sotib olgandi. Lekin u "Liverpul"ga moslashib keta olmadi. Bir so‘z bilan aytganda, ingliz klubining eng omadsiz transferlaridan biri bo‘ldi. "Nyukasl"da ajoyib o‘ynadi va gollar kiritib, "qizillar"ning qiziqishiga sabab bo‘lgan edi. Afsuski, Kerroll "Liverpul"da jarohatlar va golsiz o‘yinlar iskanjasida qolib ketdi. E’tiborlisi shundaki, Endi Kerrol ayni vaqtda "Vest Xem"da ham omadsiz davrlarini o‘tkazmoqda.

5. Muhammad Saloh - 36,9 million evro

salox

"Chelsi", "Roma" va "Fiorentina" klublarida yuqori darajada o‘ynay olmayotgan Saloh "Liverpul"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Natijada, "mersisaydliklar" uning transferi uchun 36, 9 million evro sarfladi. Qizig‘i shundaki, Saloh "Liverpul" safidagi dastlabki mavsumidayoq Angliya Premer - ligasi to‘purari bo‘ldi. Ingliz klubi bilan Chempionlar ligasi finaliga qadar etib kela oldi.

4. Fabino - 39 million evro

fabin liverpul

Nemis mutaxasisining navbatdagi ulkan transferlaridan biri sifatida Fabinoni ko‘rsatish mumkin. O‘tgan yozda "Liverpul" Fabinoni "Monako"dan 39 million evro evaziga sotib oldi. Klopp tayan yarim himoyasida raqobat juda yuqori bo‘lishiga qaramay, Fabinoni xarid qilishni istadi. Hozirda murabbiy futbolchiga o‘yin amaliyotini taqdim qilmoqda. Qolaversa, Klopp undan himoyachi o‘rnida ham foydalanmoqda.

3. Nabi Keyta - 48 million evro

keyta liverpul

Klopp ancha vaqtdan buyon Keytani kuzatib kelayotgandi. Natijada, uzoq davom etgan muzokaralar ijoyib yakunlandi va Nabi "Liverpul"ni tanladi. "Mersisaydliklar" esa Keyta transferiga 48 million evro sarfladi. Ayni vaqtda Keyta doimiy ravishda asosiy tarkibga qo‘shila olmayapti. Chunki klubda etarlicha raqobat borligini unutmaslik lozim.

2. Alisson - 66 million evro

alisson

Braziliyalik darvozabon "Roma"da ajoyib mavsumlarni o‘tkazdi. Shundan keyin esa "Liverpul" rahbariyati va bosh murabbiy Alissonga qiziqib qoldi. Bunga qadar "mersisaydliklar"da darvozabonlar bilan bog‘liq muammo haligacha o‘z echimini topmagan edi. Natijada, "Liverpul" Alisson uchun 66 million evro sarfladi.

1. Virjil Van Deyk - 75 million evro

Kloppning eng katta yutug‘i sifatida ham aynan Van Deykni aytish mumkin. "Liverpul" gollandiyalik himoyachi uchun o‘shanda 75 million evro sarfladi. Bu futbolchi ayni vaqtda dunyoning eng qimmat himoyachisi sifatida qaralmoqda. Van Deyk esa o‘ziga sarflangan mablag‘larni oqlamoqda. "Liverpul"ning bugungi kundagi himoyasiga havas qilsa arziydi.

van deyk lv 2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!