
"Liverpul" "Siti"ni rekordlar taxtidan tushirmoqchi
Chempionlik unvoniga yaqin turgan “Liverpul” darvozaboni Andrian jamoasi ochko jamg‘arish bo‘yicha Angliya premer-ligasi rekordini o‘rnatmoqchi ekanini ma’lum qildi.
- Chempion bo‘lishimizga oz qoldi, lekin biz bu bilan cheklanmaymiz. Maqsadimiz 100 ochkodan ko‘p jamg‘arib, tarix yaratishdan iborat, - dedi Adrian.
APLning ochko bo‘yicha rekordi “Manchester Siti”ga tegishli. Bu jamoa 2017-2018 yilgi mavsumda 100 ochko jamg‘argan edi.
Ayni paytda “Liverpul” 29 ta uchrashuvda 82 ochko jamg‘ardi. Agar liverpulliklar qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchsa, jami ochkolari soni 109 taga etadi.
Fikrlar