
"Liverpul" "Siti"ni mag‘lub etib, Superkubokni qo‘lga kiritdi. Yangi futbolchilardan gol va assist
"Manchester Siti" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi Angliya Superkubogi uchun bahs nihoyasiga etdi. Unda "qizillar" 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, birinchi bo‘lim o‘rtalarida Trent Aleksandr-Arnold hisobni ochdi. Ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan Hulian Alvares 70-daqiqada muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p o‘tmay, Muhammad Saloh yakunda jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Misrlik futbolchi Darvin Nunes ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi.
O‘yinning so‘nggi soniyalarida Nunesning o‘zi oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Superkubokni "Lester" qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar