"Liverpul" "Siti" bilan endi futbolchi uchun ham kurashadi

  • 31 iyul, 2023, 23:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi "Leyptsig" himoyachisi Yoshko Gvardiol uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qizillar" uni Virjil Van Deykka munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Futbolchining o‘zi ham APLga o‘tishga qarshi emas. 

Unga "Manchester Siti" ham jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Hatto ko‘plab manbalarda himoyachining "shaharliklar" bilan shartnoma imzolab bo‘lgani aytilgandi. Biroq hamon rasmiy ma’lumotlar oshkor etilmadi va bu Gvardiol uchun kurash davom etayotganidan dalolat. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!