
"Liverpul" shoshmayapti!
"Liverpul" hujumchi Muhammad Salah bilan shartnomani uzaytirishga shoshmayapti, deya yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, mersisaydliklar misrlik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan, biroq hozircha yangi bitim borasida kelisha olmayapti.
Salah 2017 yildan buyon "qizillar" safida o‘ynab kelmoqda. Uning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida yakunlanadi. O‘tgan mavsum futbolchi 51ta o‘yinda maydonga tushib, 31ta gol urgan hamda 6ta golga assistentlik qilgan.
Qolaversa, Salah o‘tgan mavsum 22ta gol bilan APLda to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar