"Liverpul" Salohni Tokio Olimpiadasiga borishiga qarshi

  • 23 iyun, 2021, 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" rasmiylari misrlik hujumchi Muhammad Salohning Tokioda bo‘ladigan Olimpiada musobaqasida ishtirok etishiga qarshi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Angliya klubi hujumchining sog‘lig‘idan havotir olmoqda, chunki Misr Ispaniya, Argentina va Avstraliya bilan qiyin guruhga tushib qolgan. Ammo tez orada Misr futbol federatsiyasi prezidenti Ahmed Mejohid "Liverpul" rahbariyati bilan bu borada muzokara o‘tkazadi.

29 yoshli Saloh o‘tgan mavsum "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda jami 51 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 31ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Salohning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!