
«Liverpul» Saloh va Manega raqobatchi topdi
Goal.com xabariga ko‘ra, «Liverpul» rahbariyati «Portu» vingeri Luis Diasga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchi 67 million funtga baholanmoqda, ammo «qizillar» hujumchini arzonroq sotib olishlari mumkin.
Manbaga ko‘ra, agar «mersisaydliklar» Diasni yozda xarid qilsa,uning narxi 42 million funtga tushishi mumkin.
Kolumbiyalik futbolchi Portugaliya chempionatida 15 ta o‘yinda 12 ta gol va 4ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar