
"Liverpul" safarda navbatdagi g‘alaba bilan 1-o‘ringa chiqdi
APLning 33-turida "Liverpul" jamoasi safarda "Sautgempton"ga qarshi o‘ynadi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda dastlab "Sautgempton" hujumchisi Shey Long himoyachilarni xatosidan foydalanib hisobni ochdi. Keyinchalik Nabi Keyta muvozanatni tikladi, - 1:1.
Ikkinchi bo‘limda Yurgen Klopp zahiradan yangi kuchlari maydonga tushirdi. Aynan Jordan Xendersonning maydonga tushishi, "Liverpul"ga foyda keltirdi. Dastlab Xenderson Muxammad Salohning goliga pas uzatgan bo‘lsa, 86-daqiqaga kelib Firminoning pasidan so‘ng Jordanning o‘zi hisobni yanada yiriklashtirdi, - 1:3.
Shu tariqa "Liverpul" navbatdagi uch ochkoga ega bo‘ldi va peshqadamlikni qo‘lga oldi.
"Sautgempton" - "Liverpul" - 1:3
Gollar: Long (9) - Keyta (36), Saloh (80), Xenderson (86)
Sautgempton: Gann — Bednarek, Yoshida, Vestergor (Ostin, 83) — Valeri, Uord-Prauz, Romeu (Armstrong, 83), Xoyberg, Bertrand — Redmond, Long (Sims, 61).
Liverpul: Alisson — Aleksander-Arnold (Xenderson, 59), Matip, van Deyk, Robertson — Veynaldum (Milner, 59), Fabino, Keyta (Lovren, 88) — Saloh, Firmino, Mane.
Ogohlantirishlar: Bednarek, Bertrand — Salaoh, Robertson, Xenderson, Mane.
Fikrlar