
"Liverpul" "Real"ning rejasini puchga chiqarmoqchi
"Liverpul" rahbariyati yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni klubga taklif qilmoqchi.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, agar afrikalik hujumchilar Muhammad Saloh va Sadio Mane "qizillar" safini tark etishsa, ingliz klubi yozda 23 yoshli frantsiyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Madridning "Real" jamoasi Mbappeni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda.
Joriy mavsumda Kilian Mbappe PSJ bilan Frantsiya chempionatida 34 o‘yin o‘tkazib, 25 gol va 17 golga assistentlik qildi.
Fikrlar