“Liverpul” “Real”ni eng ko‘p uyaltirgan jamoaga aylandi

  • 5 noyabr, 15:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich to‘rtinchi turida Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” o‘z maydonida o‘tkazilgan uchrashuvda “Real”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Angliya klubiga g‘alaba kelirgan yagona golni Aleksis Mak Allister kiritdi.

Stata Football statistika  markazining ma’lum qilishicha, mersisaydliklar “Real”ni eng ko‘p quruq mag‘lubiyatga uchratgan jamoaga aylandi. Ya’ni, “Real” o‘yinchilari qit’a miqyosidagi turnirda beshta uchrashuvda “Liverpul” darvozasiga yo‘l topa olmagan.

O‘z navbatida, “Real” Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Madridliklar nufuzli musobaqa bosh sovriniga 15 marotaba ega chiqqan.

“Liverpul” qit’aning eng zo‘r turnirida olti marta g‘olib chiqqan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Angliya jamoalari orasida birinchi o‘rinda turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!