
“Liverpul” “Real”ga o‘yinchi jo‘natib, o‘zi “Barsa” yulduzini olib kelmoqchi
“Liverpul” mutasaddilari murakkab transfer amaliyotini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Jamoaning niderlandiyalik yarim himoyachisi Rayan Gravenberx “Real” nishoniga tushgan. Mersisaydliklar bu o‘yinchini Madrid klubiga sotib yuborib, uning o‘rniga “Barselona”dagi niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongni olib kelmoqchi.
Evropaning bir necha manbalari Kataloniya klubi katta maosh olayotganiga qaramay, asosiy vaqtini jarohatlarini davolatishga sarflab yuborayotgan Frenki de Yongdan voz kechishga qaror qilganini yozdi.
Qolaversa, Frenki bir necha oydan beri klub taklif qilgan yangi shartnoma bo‘yicha javobini aytgani yo‘q.
“Barsa” 60 million evroga baholanayotgan o‘yinchi sotib yuborib, g‘aznaga tushum qilishi va maoshlar fondini qisqartirish imkoniga ega bo‘lishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar