"Liverpul" qishda ikki yuqori darajali yarim himoyachi olishni rejalashtirmoqda

  • 31 oktabr, 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" jamoasining sport bo‘limi yozgi transfer oynasidagi rekord darajadagi xaridlardan so‘ng ham tarkibni to‘liq shakllantirib bo‘lmadi. "Indykaila News" nashrining xabariga ko‘ra, mersisaydliklar qishki transfer bozorida ikki yuqori darajali yarim himoyachini olishni rejalashtirmoqda. Biroq, jamoaga kimlarni jalb qilib bo‘yicha aniq nomlar aytilmagan.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida Madridning "Real" klubi argentinalik yarim himoyachi Aleksis Mak Allister bo‘yicha "Liverpul"ga rasmiy taklif yo‘llamoqchi. Agar Mak Allister jamoani tark etsa, bu holat mersisaydliklarning markaziy chizig‘ini sezilarli darajada zaiflashtiradi va klub yana kuchayish haqida o‘ylashiga to‘g‘ri keladi.

Ayni damda Arne Slot boshqaruvidagi jamoa Angliya Premer-ligasida 9 ta turdan so‘ng 15 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida ettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!