“Liverpul” qimmatbaho hujumchiga xaridor

  • 19 fevral, 13:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” joriy mavsumdan keyin tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirish rejasini amalga oshirishga bel bog‘lagan.

Tecno

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, jamoani birinchi o‘ringa ko‘targan yangi bosh murabbiy Arne Slot o‘z shogirdlari qatoriga Aleksander Isaak qo‘shilishini istayapti.

Shved hujumchisi hozir “Nyukasl”da to‘p tepmoqda. Musobaqa jadvalida ettinchi o‘rinda borayotgan “qarg‘alar” agar jamoa kelasi mavsum uchun Evropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, Isaakni sotib yubormoqchi.

29 yoshli to‘purar joriy mavsumda 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 19 ta gol va beshta assist rasmiylashtirib qo‘ydi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Aleksander Isaakning bugungi kundagi transfer narxi 75 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!