"Liverpul" qaytdi. Biroq endi kech

  • 5 may, 2024, 23:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" APL 36-turidan o‘rin olgan bellashuvda "Tottenxem"ni 4:2 hisobida taslim etdi. 

"Qizillar" 4-5 tur avval chempionlik kurashida favoritlardan biri edi. Biroq Klopp shogirdlari dastlab MYu bilan bahsda durang o‘ynadi. Keyinchalik, "Kristal Pelas" va "Everton"ga mag‘lub bo‘ldi. Bundan tashqari, mersisaydliklar "Vest Xem" bilan ham murosa ko‘chasini tanladi. APL doirasidagi so‘nggi besh uchrashuvning to‘rttasida yo‘qotilgan ochko (faqat "Fulxem" taslim etildi - 3:1) "qizillar"ni chempionlikdan deyarli  mahrum etdi. 

Endilikda, Klopp shogirdlarining APLda bronza medalini olishi aniq bo‘lib ulgurdi. Biroq chempionlik uchun faqat matematik imkoniyat qolgan. Chempionat yakuniga 2 tur qolganda ular "Arsenal"dan 5 ochko, "Siti"dan esa 4 ochko ortda bormoqda. Bundan tashqari, Gvardiola shogirdlari hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!