
“Liverpul” o‘z yulduzi narxini aytib, saudiyaliklarni cho‘chitib yubordi
“Liverpul” rahbariyati jamoa himoya chizig‘i etakchisi Virjil van Deykni Saudiya Arabistoniga transfer qilishga tayyor.
TEAMtalk nashrining yozishicha, mersisaydliklar 33 yoshli niderlandiyalik futbolchini 55 million evro evaziga qo‘yib yuboradi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Professional ligasining bir necha klublari mashhur himoyachini so‘rab, “Liverpul”ga murojaat qilgan. Biroq, ayrim klublar Angliya jamoasi yoshi o‘tib qolayotgan himoyachi uchun katta narx belgilaganidan norozi.
Qolaversa, Virjil van Deykning amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Saudiyaliklar yarim mavsum kutib, niderlandiyalik futbolchini o‘zi bilan 2025 yilning yanvarida shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lidan boradigan bo‘lyapti.
Virjil van Deyk “qizillar” tarkibida 2018 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Transfermarkt portali tajribali charm to‘p ustasini 30 million evroga baholadi.
Fikrlar