"Liverpul" Origini sotmaydi

  • 21 iyun, 2019, 14:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Divok Origi mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketmaydi. Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar garchi shartnoma muddati yakunlanishiga 1 yil qolgan bo‘lsada, belgiyalik hujumchini tarkibda saqlab qolmoqchi.

Tecno

“Liverpul” rahbariyati Origi bilan qishki transferlar davrigacha amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Biroq, Origining etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani, uning “Enfild”da qolish fikrini o‘zgartirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Origi o‘tgan mavsum “Liverpul” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 7ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!