“Liverpul” olayotgan “Monstr”ni faqat Husanov to‘xtata oladi!

  • 18 iyul, 06:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi juda qiziqarli bo‘lishi, chempionlik uchun kurash avjiga chiqishi kutilmoqda. Angliyalik ekspertlar yangi chempionatning asosiy  favoritlari sifatida amaldagi chempion “Liverpul” va yana taxtga qaytishga bel bog‘lagan “Manchester Siti”ni tilga olmoqda.

Tecno

“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan manchestercity.news sayti ajoyib tahlilni muxlislar e’tibor havola etdi. Unda “Liverpul” qo‘lga kiritishga yaqin turgan mohir to‘purarni to‘xtatishda Xosep Gvardiola aynan o‘zbek futbolchisi yordam berishi ta’kidlangan.

Sports.uz portali ushbu tahlilni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari hukmiga havola etadi.

- Agar “Liverpul” maqsadini amalga oshirib, “Nyukasl” to‘purari Adeksandr Isaakni qo‘lga kirita olsa, muxlisu mutaxassislar nazdida Arne Slot shogirdlari yangi mavsumda ham Premer-ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogarga aylanadi.

“Liverpul” o‘tgan chempionatda 23 ta gol urgan shved hujumchisi transferi bo‘yicha takliflarni “Nyukasl”ga yubordi. Agar Isaak “Enfild”ga yo‘l olsa, “Manchester Siti” bundan bezovta bo‘lishi turgan gap.

Xosep Gvardiola ixtiyorida dunyoning eng zo‘r to‘purari – Erling Xoland to‘p tepayotganiga qaramay, o‘tgan mavsum Arne Slot jamoasi “shaharliklar”dan chempionlikni osonlikcha tortib oldi va yozda Florian Virts, Milosh Kerkez va Jeremi Frimpong bilan tarkibni kuchaytirganidan keyin yangi chempionatda asosiy favorit sifatida e’tirof etilmoqda.

Gvardiola raqiblar hujumini qaytarishda markaziy himoyachilar tandemi – Ruben Diash va Yoshko Gvardiolga tayanyapti. Agar Aleksandr Isaak “Liverpul”da paydo bo‘lsa, 25 yoshi to‘purarni to‘xtatish vazifasi mana shu himoyachilarga yuklatilsa kerak.

Biroq “Manchester Siti” futbolchilar  orasida Aleksandr Isaak bilan navbatdagi duelni kutayotgan o‘yinchi Abduqodir Husanovdir. Gvardiola “o‘ziga xos o‘yinchi” deb ta’riflagan o‘zbe himoyachisi shtgan mavsum “Nyukasl” to‘purarini to‘xtatib qolgan va jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.

Uchrashuvni hisobiga qaramay, Eddi Xau jamoasi o‘sha uchrashuvda “shaharliklar” darvozasini ishg‘ol qilish uchun ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratish va tezkor qarshi hujumlar uyushtirishga harakat qilgandi.

Haqiqat shuki, o‘sha to‘qnashuv Husanov raqib to‘purari Isaakni to‘liq to‘sib qo‘ydi. Husanov Isaak bilan duelda katta ustunlikka erishdi, yuqoridagi kurashlarda yutib chiqdi, jarima maydonchasi ichida uni “toza qo‘riqladi”, darvoza tomon o‘zini ham, zarbasini ham o‘tkazmadi.

Xosep Gvardiola o‘zbek himoyachiga Isaakni personal tarzda qo‘riqlashni topshirgan ko‘rinadi. Har holda bu taktika o‘z samarasini berdi. Chunki yosh himoyachi tezkor Isaakdan sprintlarda qolishmasligi va yakkakurashlarda engilmasligi ko‘rsatdi. Isaak esa, liganing eng tezkor va o‘yinni yaxshi o‘qiy oladigan futbolchilaridan hisoblanadi. Hatto shved hujumchisi 21 yoshli Husanovga nisbatan pressing qo‘llagan vaziyatlar ham hech qanday samara bermadi. Xotirjam o‘ynagan Abduqodir raqib bosimidan oson chiqdi va jamoadoshlariga aniq pas uzatishni uddaladi.

Abduqodir Husanovga qarshi o‘ynagan Aleksandr Isaak o‘sha bellashuvda birorta zarba yo‘llay olmadi, himoyachini umuman aldab o‘tolmadi, jamoadoshlarini qulay vaziyatga olib chiqadigan pas bermadi va to‘qqiz marta to‘pni oldirib qo‘ydi.

“Manchester Siti” Aleksandr Isaak uchun noqulay raqib hisoblanadi. Shvetsiyalik futbolchi “shaharliklar”ga qarshi olti bor maydonga tushgan va uning jamoasi faqat bir bor g‘alaba qozongan. Isaakning o‘zi Gvardiola jamoasi darvozasiga ikkita to‘p kiritishni uddalagan.

Agar Aleksandr Isaak “Liverpul”dek kuchli jamoaga o‘tsa, “Manchester Siti” uchun yanada xavfli hujumchiga aylanadi. Demak, Abduqodir Husanovni Evropaning eng xavfli to‘purarlaridan biriga qarshi yangi duel kutib turibdi, - deb yozdi  manchestercity.news sayti eksperti Srinivas Sadxanand.

Fayzullaev transferi amalga oshadimi?

Fayzullaev Evropa top-ligalariga Turkiya orqali boradi

O‘zbek legioneri transferdan norozi fanatlarga zo‘rligini isbotlashi kerak!

Mashhur futbolchi Husanovga yordam beradigan bo‘ldi

Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!