
"Liverpul" Nunesni APL yulduzlaridan biriga almashmoqchi
So‘nggi paytlarda matbuot "Liverpul"ni "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak bilan faol bog‘lamoqda. "Football Insider" xabar berishicha, mersisaydliklar "qarg‘alar"ga futbolchilarni almashishni taklif qilishmoqchi.
Gap shundaki, "Liverpul" Isakni qo‘lga kiritish evaziga Darvin Nunesni "Nyukasl"ga berishi va bundan tashqari, qo‘shimcha pul ham to‘lashi mumkin.
25 yoshli Aleksandr Isak joriy Angliya chempionatida 17 ta gol urdi. U mavsum to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning oldida Kris Vud (18 gol), Erling Holand (19 gol) va Muhammad Saloh (24 gol) joylashgan.
Fikrlar